MUTAXASSISLARNI LAVOZIMGA TAYINLASH BO‘YICHA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, tajribali mutaxassislarni yangicha ish sharoitida ishlashga tayyorlash, zahiradagi rahbar kadrlarni aniqlash maqsadida ishchi-xodimlar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

📚 Qabulni tegishli yo‘nalishlarga oid mutaxassislar, komplayens va yuridik byuro vakillari va bo‘lim boshliqlaridan iborat komissiya a’zolari olib bordi. Suhbat davomida bo‘sh ish o‘rinlarga nomzodini qo‘ygan, boshqa ish o‘rniga o‘tishni istagan, ishlab turgan lavozimida razryadini oshirishni so‘ragan xodimlar bilan suhbatlar olib borildi.

✅ Kelib tushgan 10 ta murojaatchidan 8 nafari tanlagan lavozimiga munosib deb topilib, 1 nafari rad etildi, 1 nafari esa 3 oylik sinov muddati berish sharti bilan vazifaga loyiq deb baholandi.