«Boshqaruv raisi kubogi» musobaqasi boshlandi.

Ayni paytda “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari yoshlari o’rtasida erkaklar jamoalari uchun sportning minifutbol va ayollar o’rtasida voleybol bo’yicha «Boshqaruv raisi kubogi» musobaqasi boshlandi.

✍️ Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni ommaviy sport turlariga qiziqishini kuchaytirish maqsadini ko‘zlaydi.

♻️ Musobaqa bahslari qizg‘in va murosasiz kurashga boy o‘tmoqda, kuchlilar esa saralanmoqda. Musobaqa o‘yinlari ertaga ham davom etadi. O‘yin jarayonlarini kuzatib boring!

26.08.2024