“Boshqaruv raisi kubogi” musobaqalari

Xabaringiz bor, mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiyaga qiziqishlarini oshirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida mini-futbol hamda voleybol sport turlari boʻyicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqalari boʻlib oʻtayotgan edi.

Qizgʻin bahslarga boy oʻtgan musobaqa bugun oʻz nihoyasiga yetdi va natijalar quyidagicha boʻldi:

⚽️ Erkaklar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha:

1-oʻrin – “Maxam-Chirchiq” AJ
2-oʻrin – “Fargʻonaazot” AJ
3-oʻrin – “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ;

🏐 Ayollar oʻrtasida voleybol boʻyicha:

1-oʻrin — “Maxam-Chirchiq” AJ
2-oʻrin — “Qizilqum fosforit kompleksi” AJ
3-oʻrin – “Dehqonobod kaliy jamoasi” AJ jamoalariga nasib etdi.

Tantanali taqdirlash marosimida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Akobir To‘xtayev “Maxam-Chirchiq” AJ jamoasiga “Boshqaruv raisi kubogi”ni topshirdi. Shuningdek, sovrindorlarga, pul mukofotlari taqdim etildi.