Sayyor qabul
Sayyor qabulda korxona rahbari boshchiligidagi rahbariyat vakillari barcha bo‘lim va sex ishchi-xodimlari bilan ochiq muloqot shaklida suhbat olib bordi. Unda ishchi-xizmatchilar va xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyat, ularning muammolari, takliflari hamda qiziqtirgan savollarga javob berildi.
📚Ko‘tarilgan muammolar tegishlicha joyida hal qilinib, vaqt talab etilayotgan muammolarni o‘rganib chiqish va hal etish uchun mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi. Shuningdek, ishchi-xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida korxona iqtisodiy imkoniyatidan kelib chiqqan holda oylik maoshlarini ko‘tarish masalasi alohida ta’kidlab o‘tildi.
29.08.2024