“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi.

Texnik nazorat va sinov laboratoriyasi bo‘limi boshlig‘i Yu.Bozorova “1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi qabul qilingan kun” mavzusida so‘z yuritib, korxonadagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimda olib borilayotgan o‘zgarishlar, bo‘limning ushbu yo‘nalishdagi ishtiroki tahlil qilib o‘tildi. Taklif va mulohazalar tinglandi.

✅ Shuningdek, “Siyosiy-ma’rifat soati” yakunida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi davlat xizmatchisi soatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi.

06.09.2024