“Xon atlas” festivali

🇺🇿 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Xon atlas” festivali o‘tkazildi. Festival doirasida korxona xotin-qizlari ishga xon atlas va adraslarda kelishdi.

🎊 Mazkur festival Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida tashkil qilinayotgan bo‘lib, xotin-qizlar o‘rtasida iliq qarshi olinmoqda.

🎨 Korxonamizda turli millat va elat vakillari faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, o‘zbek milliy liboslariga ularning ham qiziqishi baland. Naqshinkor va turli ranglar jilosini aks ettirgan adras-u, atlaslar ayollar egnida yanada joziba baxsh etadi.

10.09.2024