“Tez va to‘g‘ri yoz” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

📚 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda O‘zbek tili bayramining 32 yilligi munosabati bilan ishchi-xodimlar o‘rtasida “Tez va to‘g‘ri yoz” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

📜 Tanlovda korxonaning 50 ga yaqin ishchi-xodimlari mahoratini sinab ko‘rishdi. Tanlov jarayoni hakamlar hay‘ati tomonidan kuzatilib, natijalar baholab borildi.

✍️ Ko’rik-tanlov hechqanday inson faktori aralashuvisiz, Yoshlar ishlari agentligining «Kompyuterda tez va xatosiz yozish» dasturi orqali o’tkazildi. Ishtirokchilar kompyuter monitoridagi O’zbekiston Respublikasi davlat tilining lotin alifbosidagi matnini, ajratilgan 1 daqiqa vaqt mobaynida bexato va tez yozish orqali sinovdan o‘tkazildi.

✅ Natijalarga ko‘ra,

✔️ 1-o‘rin 15-sex xodimi Dadajon Jo‘rayevga;
✔️2-o‘rin 2-sex xodimi Begzod Qudratovga;
✔️ 3-o‘rin 10-sex xodimi Doston Usmonovlarga nasib etdi.

🏆 G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

17.10.2024