Yoshlarni yod g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, jaholatga qarshi ma’rifatli bo‘lish, zo‘ravonlik, buzg‘unchi qarashlarga nisbatan immunitet yaratish shiddatli zamonning talabidir.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning yosh mutaxassislari va xotin-qizlari uchun o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi davra suhbati shu masalalarga bag‘ishlandi.
Davra suhbatida Zarafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi vakili, mayyor Azim Murodov hamda Tomdi tuman Bosh imom xatibi Nurali Qo‘ldashevlar mehmon sifatida ishtirok etdi.
Mehmonlar yoshlar o‘rtasida uchrayotgan jinoyatchilik, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklar, turli oqimlar domiga kirib ketayotgan insonlar hayoti va ularga qonunchilikda belgilangan choralar, shariat va asl diniy bilimlarning mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi. Shundan so‘ng yig‘ilganlar bilan savol-javoblar olib borildi.
17.10.2024