KORXONANING 15 NAFAR XODIM KON ISHLARI BO’YICHA MUTAXASSISLIKLARGA O’QITILDI
🚜 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ hamda “Impuls-innovatsiya navoiy” nodavlat ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda 15 nafar korxona xodimi X 340 LSA markali Doosan ekskavatorini ishga tushirish maqsadida o‘qitildi.
✅ Darslar sohaning tajribali o‘qituvchilari tomonidan olib borilib, unda:
✔️ konchilik ishlari;
✔️ foydali qazilmalarni qazib olish usullari;
✔️elektro mexanika;
✔️ materialshunoslik;
✔️ ekskavatorlarning turlari, asosiy qismlari, ishlash tizimi va texnikaga xizmat ko‘rsatish;
✔️ mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablari kabi mavzular o‘rin oldi.
O‘quv so‘ngida mutaxassislar o‘tilgan darslar bo‘yicha amaliy va nazariy savol-javoblar asosida imtihondan o‘tishdi.
🗓 2024-yil 9 oy davomida korxonada jami 196 nafar xodim malaka oshirish, qayta tayyorlash va zarur mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitildi.
23.10.2024




