KORXONA XODIMLARI QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASI DAVLAT MUZEYIDA BO‘LISHDI

🌐 Korxona ishchi-xodimlarini, ayniqsa, yosh xodimlarni tarix, madaniyat va ma’naviyat sohalaridagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xodimlari Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida bo‘lishdi.

📜 Unda xodimlar chor va sovet hokimiyati davrida vatan ozodligi yoʻlidagi qatagʻon etilgan vatandoshlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan eksponatlar, qatag’on qurbonlari hayot va yashash tarzi bilan yaqindan tanishdilar.

🇺🇿 Mamlakatimiz tarixi, bunda jadidlarning tutgan oʻrni, bugungi mustaqil davrga yetib kelishdagi voqeliklar, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatagʻonlar tufayli qurbon boʻlgan, insoniylik shaʼni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimiz hayoti sayohatda bo‘lib turgan har bir ziyoratchining qalbida shukronalik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini oshiradi.

24.10.2024