Stol tennisi bo‘yicha rahbar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🏓 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash hamda korxona direktori tashabbusi bilan stol tennisi bo‘yicha rahbar kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

✍️ Musobaqada rahbarlar jamoasi va yoshlar bellashdilar. Kutilmagan natijalar, qiziqarli bellashuvlar, tezkorlik bilan qabul qilingan ballar natijasiga ko‘ra:

🥇1-o‘rin Avtotransport sex boshlig‘i o‘rinbosari Shukurov Yoqubga;
🥈2-o‘rin Qo‘riqlash bo‘limi qo‘riqchisi Muzaffarov Mehriddinga;
🥉 3-o‘rin direktorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhiddin Xolbutayevga nasib etdi.

🏆 G‘oliblar jamiyat Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

31.10.2024