“ZAKOVAT” O‘YININING BILIMDONLARI ANIQLANDI

📚 “Zakovat” intellektual o‘yini nafaqat insonni intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash darajasini yaxshilashga xizmat qiladi, balki, jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini shakillantirishda ham muhim ahamiyatga egadir.

✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari uchun tashkil etilgan “Zakovat-intellektual o‘yini” ko‘rik-tanlovi 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlandi. Unda korxona ishchi-xizmatchilaridan tashkil topgan 10 ta jamoa ishtirok etdi.

✅ Mantiqiy fikrlash va zukkolikni talab etgan o‘yin natijalariga ko‘ra,

✔️ 1-o‘rin “Muhandislar” jamoasiga;
✔️ 2-o‘rin “Transportchilar” jamoasi;
✔️ 3-o‘rin esa “Temiryo‘lchilar” jamoasiga nasib etdi.

🎖 G‘olib jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.