KORXONA XODIMLARINING FAVQULODDA VAZIYATLAR UCHUN TAYYORGARLIGI SINOVDAN O‘TKAZILDI
🌪 “Tashkura” karyerining tog‘ jinslarining o‘pirilib tushishi natijasida tog‘ uyumlari ostida qolib ketgan avtobus va undagi ishchi-xodimlarni qutqarish amaliyoti hamda tog‘ uyumlari ostida qolgan yana bir ishchini qutqarish mashqi bajarildi.
✅ Unda tezkorlik, qutqaruv razvetka guruhlarining mahorati, favqulodda holatlardagi shayligi, aloqa vositalari bilan ishlash, shifokorgacha birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotlari baholandi.
🔥 Shundan so‘ng, zilzila oqibatida “Tashkura” karyerida avariya holatlari yuzaga keladi va qazish-yuklash ishlarini bajarayotgan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli pog‘onaning yuqori gorizontidan qulagan katta o‘lchamli tosh bosishi natijasida yuqori kuchlanishli qisqa tutashuv sodir bo‘lgan va yong‘in kelib chiqdi. Yong‘inni o‘chirish, ishchilarni evakuatsiya qilish amaliyoti ko‘rsatib berildi.
📚 Kuzatuv kengashi tomonidan bajarilgan mashg‘ulotlar a’lo baholanib, kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.
14.11.2024