✍️ MUHANDIS-TEXNIK XODIMLARNING BILIMI SINOVDAN O‘TKAZILDI

📌 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda gaz xo‘jaligi va qozon nazorati obyektlari hamda ko‘tarish inshootlarini ishlatish, xizmat ko‘rsatish ishlariga rahbarlik qilayotgan muhandis-texnik xodimlarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida jamiyat imtihon komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.

📚 Imtihon yuk ko‘tarish kranlarining tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish qoidalari, bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish, gaz xo‘jaligidagi xavfsizliklar boʻyicha oʻtkazildi.

☑️ 92 nafar muhandis-texnik xodim va 35 nafar muhandislik lavozimlarda amaliyot oʻtagan zaxiradagi ishchi-xodimlar oʻzlarining bilimlarini sinash uchun imtihon topshirgan boʻlsa, ulardan 81 nafarining bilimi ijobiy baholandi.

📍Imtihon jarayonlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi Navoiy hududiy boʻlimi davlat inspektorlari olib bordi.

22.11.2024