BADMINTON SPORT MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
🎗 25-noyabrdan boshlab mamlakatimizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xotin-qizlari o‘rtasida badminton sport musobaqasi o‘tkazildi.
✅ Musobaqa jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning haq-huquqlarini yuzaga chiqarish, ayollarning jismonan faol, ruhan tetik bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadini ko‘zlaydi.
Musobaqa qiziq va qizg‘in bahslar bilan kuchlilarni aniqlab berdi. Natijalar esa, mutlaq g‘oliblik bilan korxona Matbuot kotibi 🥇 Sohiba Suyunova birinchi o‘rin;
🥈Marksheyderlik byurosi kon ishchisi Nigoraxon Ximoilovaga ikkinchi o‘rin;
🥉 Xo‘jalik ishlari bo‘limi xodimi Gulmira Temirovaning uchinchi o‘rini bilan yakunlandi.
🏆 G‘oliblar jamiyat Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda korxona rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
26.11.2024




