AYOLLAR VA BOLALAR ZO‘RAVONLIGIGA QARSHI FAOL HARAKAT OLIB BORILMOQDA

🎗 O‘zbekistonda “Zo‘ravonikka qarshi 16 kun faollik” harakat ish boshladi. Unda ayollar va bolalarga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonlik, iqtisodiy va ijtimoiy tazyiqlar, korxona va tashkilotlarda uchraydigan turli xildagi illatlarga qarshi kurash olib borilmoqda.

✅ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari o‘rtasida ham “Zo‘ravonikka qarshi 16 kun faollik” targ‘ibot tadbirlari faol olib borilmoqda. Ishchi-xodimlar tomonidan mazkur harakatga oid turli xildagi ko’rgazmali materialar tayyorlanib, chorlovlar tashkil qilindi. Direktor maslahatchilari tomonidan «Zo’ravonlikka qarshi kurash» ko’krak nishonlari ishchi-xodimlarga tarqatildi.

29.11.2024