23 NAFAR XODIM MEHNATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA SERTIFIKATGA EGA BO‘LISHDI
📚 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga javobgar bo‘lgan 23 nafar rahbar va mutaxassis xodimlar Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kursini tugatib maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
✍️ Sertifikatlarni jamiyat direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari Obidjon Amirkulov topshirdi.
03.12.2024




