9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ bo‘linmalarida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

✅ Xususan, “Tashkura” karyeri majlislar zalida ishchi-xodimlar uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

📌 Tadbirda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Komplayens xizmati rahbari tomonidan korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida maʼlumot berildi.

✔️ Shuningdek, davra suhbati davomida savollar va takliflar tinglandi.

04.12.2024