“INTELLEKTUAL RING” BELLASHUVI BILIMDONLARI ANIQLANDI
🕍 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Intellektual ring” bellashuvi o‘tkazildi.
✅ Tanlov iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida intellektual jihatdan sog‘lom raqobat muhitini shakillantirish maqsadini ko‘zlaydi.
✍️ Bellashuvda ishtirokchilar huquqiy, korxona faoliyatiga oid hamda mantiqiy savollar asosida sinovdan o‘tkazildi. Unda 20 ga yaqin korxona ishchilar qatnashdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra,
✔️ 1-o‘rin Texnik nazorat va sinov laboratoriyasi bo‘limi laboranti Ma’mura To‘xtayevaga;
✔️2-o‘rin Tarmoq va potistansiyalar uchastkasi xodimi Umid Eshqulovga;
✔️3-o‘rin Temir yo‘l sexi xodimi Sherbek Ismoilovlarga nasib etdi.
🏆 G‘oliblar korxona rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
04.12.2024

