✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan ayollar va erkaklar o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

♟ Musobaqa ishtirokchilaridan aql charxi, zukkolik va mahorat talab qilgan o‘yin qizg‘in kurash va kutilmagan natijalar bilan boy o‘tdi.

✅ Musobaqa natijalariga ko‘ra,

Xotin-qizlar o‘rtasida:
✔️ 1-o‘rin Tibbiyot bo‘limi hamshirasi Saodat Umurovaga;
✔️2-o‘rin Texnik nazorat va sinov laboratoriyasi bo‘limi laboranti Kumus Kazakbayevaga;
✔️3-o‘rin Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi tabelchisi Gulshoda Raupovalarga nasib etdi.

Erkaklar o‘rtasida esa:

✔️1-o‘rin Qo‘riqlash bo‘limi xodimi Davlat Qo‘ziyevga;
✔️2-o‘rin Qo‘riqlash bo‘limi xodimi Oqil Ochilovga;
✔️3-o‘rin Temiryo‘l sexi xodimi Rahmonov Abdusalomlarga nasib etdi.

🏆 G‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

06.12.2024