Joriy yilning 10-11-dekabr kunlari Toshkent shahri Hillton mehmonxonasi kongresslar zalida xalqaro konchilik sanoati kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
✍️ Kongressda Markaziy Osiyo konchilik sohasi yetakchi mutaxassislari, jumladan NGMK, AGMK, Qozog‘iston, Tojikiston, Singapur va boshqa davlatlardan yuzlab ishtirokchilar qatnashmoqda. Unda korxonamiz vakillari ham rasmiy delegatsiya sifatida ishtirok etmoqda.
✅ Mazkur kongress konchilik sohasidagi eng so‘nggi texnologiyalar, usullar va texnikalar bo‘yicha fikr almashish, shuningdek, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yangi takliflar ishlab chiqish uchun mutaxassislarga keng imkoniyat yaratmoqda.
10.12.2024

