✍️ RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
🕍 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda rahbar, bo‘lim boshliqlari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, bosh muhandis Obidjon Amirkulov olib bordi.
📚 Ochiq muloqot va samimiy suhbat asosida o‘tkazilgan uchrashuvda ishchilar ish sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida yangi texnikalarni kiritish, razryadlarni oshirish bo’yicha takliflar berildi.
✅ Shuningdek, korxonada tashkil etilgan ingliz tili va IT o’quv kurslari, mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Uchrashuv so‘ngida korxona yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish yo‘nalishidagi hisobot tinglanib, kelgusidagi rejalar kelishib olindi
15.12.2024


