KORXONANING ENG YAXSHI YOSH ELEKTR CHILANGARLARI ANIQLANDI

🗓 22-dekabr – Elektriklar kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Jamiyatning eng yaxshi yosh elektr chilangari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

📚 Tanlovda korxonada faoliyat yuritayotgan 15 ga yaqin yosh elektromontiyorlar ishtirok etishdi. Unga ko‘ra ishtirokchilar
✔️“Uyga vazifa”
✔️“Savol-javob”
✔️“Berilgan sxemani yig‘ish” shartlarida bilim va ixtirochilik qobiliyatlarini namoyish etishdi.

🔬 Tanlovning “Uyga vazifa” shartida ishtirokchilar korxonani rivojlantirishga oid takliflarini ko‘rgazmali chiqishlari bilan taqdimot qilishdi.

Shartlar bo‘yicha yakuniy ballar va hakamlar hay’atining xulosalariga ko‘ra,
🥇1-o‘rin 2-sex elektrchilangari Tursunmurod Ramazonovga;
🥈2-o‘rin 6-sex elektrchilangari Eshqulov Umidjonga;
🥉3-o‘rin 5-sex elektrchilangari Ashurov Behruzlarga nasib etdi.

💬 G’oliblar korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

18.12.2024