“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xotin-qizlarni ijtimoiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Zarafshon shahar ichki ishlar xodimlari hamda psixolog bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✍️ Uchrashuvda Zarafshon shahar IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, psixolog, kapitan Ozoda Asadova hamda voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi katta inspektori Sitora Boboqulovalar hamda korxona xotin-qizlari ishtirok etishdi.

🏵 Mutaxassislar nizoli oilalarga “Himoya orderlari” berish tartib qoidalari, qonunchilikda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarga nisbatan jazo choralari, kiberjinoyatchiliklarning sabablari, voyaga yetmaganlar orasida yuzaga kelayotgan jinoyatchiliklar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tishdi.

♻️ Uchrashuv so‘ngida xotin-qizlar bilan savol-javoblar hamda individual suhbatlar olib borildi.