22-dekabr – Elektriklar kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda korxonada faoliyat yuritayotgan elektrmontiyor xodimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

♻️ Uchrashuvda 27 nafar sohaning fidoiy, mehnatkash elekriklar rag‘batlantirilib, ularga pul mukofotlari topshirildi. Xodimlarga maxsus sertifikatlarni direktorning iqtisodiy va moliyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Turayev topshirib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Korxona rivoji uchun xizmat qilayotgan barchani ishiga rivoj, kasbiga zafarlar tiladi.