UCH AVLOD UCHRASHUVI

Fayzli davra, samimiy suhbat, o‘tmish va bugungi rivojlanish uchun bosib o‘tilgan yo‘llar hamda yillar haqidagi ochiq muloqot korxonaning “Uch avlod uchrashuvi”da aks etdi.

✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ko‘p yillik mehnat faoliyati bilan namuna ko‘rsatgan mutaxassislar, hayot yo‘li, tajribalilar hamda yoshlar uchrashuvi qiziq suhbatlarga boy bo‘ldi. O‘z mehnat faoliyatidagi ortirgan boy tajribasi, korxonaning bugungi faoliyati, yoshlar uchun tavsiyalar to‘g‘risida davra qatnashchilari bilan fikr almashildi.

📜 Tadbir so‘ngida korxona rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.