Yil sarhisobi

⚡️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha 2024-yil “Yoʻl xaritasi” da belgilangan bandlar bo‘yicha 100 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari va turli xildagi loyihalar, seminarlar o‘tkazildi.
📚 Korxona rahbariyati tomonidan o‘tgan yilda 12 ta uchrashuv va davra suhbatlari, 25 ta sport tadbirlari, 7 ta “Siyosat va ma’rifat soati”, 23 ta ko‘rik-tanlov, 10 ta faol ishchi-xodimlar faoliyatiga oid “Kun qahramoni” loyihasi, xodimlar o‘rtasida ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish uchun 50 nafar xodim uchun Surxondaryo viloyatiga sayohat, 11 ta videoroliklar va inteviyular tayyorlanib korxona rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlariga joylandi.
Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yoshlar oyligi doirasida 10 ga yaqin yosh ishchi-xodimlar xonadonida bo‘lib, ularning ota-onasiga tashakkurnoma va sovg‘alar berildi. Shuningdek, 10 nafar ijtimoiy oilalarga 10 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
♻️ Xodimlar o‘rtasida kutobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida korxonada kutubxona tashkil qilinib, ishchi-xodimlar tomonidan 700 ga yaqin kitoblar jamlanmasi topshirildi.

💠“QFK” MChJ yosh ishchi-xodimlarining chet tillari bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida korxonada ingliz tili o‘quv kursi tashkil qilindi va unda 63 nafar xodim o‘qitildi.

09.01.2025