2024-YIL ATROF-MUHIT VA EKOLOGIYANI ASRASH YO’NALISHIDA QILINGAN ISHLAR

🟢 “Qizilqum fosforit kompleksi” Qizilqum cho‘lida joylashganligi va suv resurslarining cheklanganligi sababli Konimex tumani hokimligi tomonidan cho‘l iqlimiga mos, sug‘orish talab etilmaydigan saksovul ko‘chatlarini ekish tavsiya etilgan.

🌳 2024-yil “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor va kuz mavsumlarida 326 100 dona saksavul ko‘chatlari ekildi.

🌳 Jumladan, korxona peremetri bo‘ylab “Yashil belbog‘” barpo etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (№F-182-1 19.01.2024) asosida 49 000 dona saksavul ko‘chatlari ekildi.

↗️ Korxonaga tutash bo‘lgan hududlarda 74 gektar maydonda 277 100 dona saksavul ko‘chatlari ekildi.

💭

0,4 gektar yer maydonda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilindi. 9,5 gektar maydondagi daraxtlarga agrotexnik ishlov berildi va mahalliy o’g’itlar bilan oziqlantirildi

10.01.2025