VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN SPARTAKIADA MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
🇺🇿 Vatan himoyasi, sarhadlar mustahkamligini saqlash yurtning har bir o‘g‘loni, mard farzdining burchidir.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ o‘g‘lonlari o‘rtasida o‘tkazilgan spartakiada o‘yinlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi.
Unda ishtirokchilar
➡️ uzunlikka sakrash;
➡️Darts mahorati;
➡️Turnik va brus tortinish shartlari bo‘yicha kuchlarini sinab ko‘rishdi.
🏆 Musobaqa so‘ngi kutilmagan natijalar va hayajonli ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra,
🥇1-o‘rin “Tashkura” karyer elektrgazpayvandlovchisi Hakimov Begzodga;
🥈2-o‘rin “Tashkura” karyer bosh geolog o‘rinbosari Fayziyev Elyorga;
🥉3-o’rin Tarmoq va potstansiyalar elektromontyori Meliyev Shohijahonga nasib etdi.
💰 G‘oliblar korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.
14.01.2025

