MUROJAATLAR O‘Z JOYIDA HAL ETILMOQDA

So‘ngi yillarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga qat’iy e’tibor qaratish va ularni hal etish masalasi dolzarb hisoblanmoqda. Shu bois “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ham 2024-yilda murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida qator natijalar ko‘rsatildi.

🗣️ Jumladan, 2024-yilda korxonaga jami 30 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarning barchasi yil so‘ngiga qadar qanoatlantirilgan.

Murojaatlarning mazmuniga ko‘ra,
➡️20 marta ishga joylashish;
➡️2 marta oylik maoshini oshirish;
➡️8 marta boshqa masalalar bo‘lgan.

✍️ 2024-yilda ishchi-xodimlar, yoshlar va xotin-qizlar bilan 6 marta rahbarlarning sayyor qabullari o‘tkazilgan bo‘lib, unda 100 ga yaqin murojaatlar o‘z joyida hal etildi.