ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA ISHCHI-XODIMLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
📌 “Qizilqum fosforit kompelksi” MChJda Zarafshon shahar IIB boshqarmasi xodimlari va ishchi-xizmatchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
✍️ Uchrashuvda asr jinoyati hisoblangan kiberjinoyatga qarshi kurashish, yoshlarni turli oqimlar, zararli g‘oyalarga nisbatan immunitetini shakllantirish, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan bo‘layotgan tajavvuz va zo‘ravonliklarga qarshi kurashish mavzularida suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
📊 Ishchi-xodimlarga firibgarlik, kiberjinoyatning kelib chiqishi va oqibatlari aks etgan videorolik namoyish etildi.
✍️ Uchrashuv so‘ngi savol-javoblar bilan yakunlandi.



