DIREKTOR VA ISHCHI-XODIMLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyevning ishchi-xodimlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🌎 “Tashkura” karyeri hamda Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexida o‘tkazilgan bugungi uchrashuvda 2024-yil sarhisobi, ishlab chiqarishda olib borilgan natijalar va 2025-yil uchun rejalar muhokama qilindi. Unda ishchi-xodimlarning ish jarayoni uchun takliflari, muammolari tinglandi.
📊 Muloqotlar jarayonida 2024-yilda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining 107,9 foizga bajarilganligi, 2025-yilda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha qilinayotgan rejalar, jamiyatning xususiylashtirish jarayonlari to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Ishchi-xodimlar tomonidan maxsus ish kiyimlarining sifatsizligi, ishchilarni tashuvchi ba’zi avtobuslarning ta’mirtalabligi, zamonaviy tez tibbiy yordam mashinasiga ehtiyoj borligi, laboratoriya xodimlari uchun ishchi formalarining berilmasligi, ishchilarning yuvinish xonalarida yuzaga kelgan issiq suv muammolari ko‘tarildi.
📚 Murojaatlarning hal etish choralari bo‘yicha tegishli mutaxassislar topshiriqlar berildi.



