BASKETBOL BO‘YICHA “RAHBAR KUBOGI” BO‘LIB O‘TDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori ijrosini taminlash maqsadida voleybol, basketbol va gandbol sport turlari bo‘yicha korxonalarda klublar tashkil etish belgilangan.

✅ Shu munosabat bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda Basketbol klubini tashkil etish maqsadida erkaklar o‘rtasidagi “Rahbar kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada korxonada faoliyat yuritayorgan ishchi-xodimalrdan iborat 8 ta jamoa kurash olib bordi.

⛹🏻‍♂️ To‘pni setkaga tushirish, olib yurish va raqibga setkaga to‘p tushirishiga qarshilik qilish kabi shartlar asosida bo‘lib o‘tgan musobaqa ishchi-xodimlar uchun kata qiziqish uyg‘otdi. O‘yin ochkolarining kutilmagan vaziyatda o‘zgarishi esa bahslar va kurashlarni qizishiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib natijaga ko‘ra,

🥇 1-o‘rin “Tashkura karyer” jamoasiga;
🥈 2-o‘rin Qo‘riqlash bo‘limi jamoasiga;
🥉 3-o‘rin Ma’muriyat jamoasiga nasib etdi.

🏆 G’oliblar Kasba uyushma qo‘mitasi hamda korxona rahbariyati tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

25.01.2025