“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MCHJNING ENG YIRIK SEXI 1998-YILDA TASHKIL BO‘LGAN
🏗 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi 1998-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Jeroy-Sardari koni (Toshqo‘ra uchastkasi) negizida flurapatit tipidagi donador fosforit rudalarini qayta ishlashga yo‘naltirilgan.
🕯 Ushbu rudalarni qayta ishlashning dastlabki bosqichida sexda bitta mahsulot – P2O5 miqdori 16 dan 18 % gacha bo‘lgan, faqat oddiy fosforli o‘g‘itlar uchun yaroqli hisoblangan fosforit uni ishlab chiqarila boshlangan. Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish zarurati bilan bog‘liq holda mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi qabul qilindi va amalga oshirildi va tarkibida P2O5 miqdori 27 foizgacha bo‘lgan fosforit konsentrati ishlab chiqarish vazifasi bajarildi.
📉 2001-yilda 1-POLCAL qizdirish uchastkasining ishga tushirilishi bilan mahsulotlar iste’molchilari – “Ammofos-Maxam” AJ, “Qo‘qon SFZ” AJ, “Samarqandkimyo”, “Navoiyazot” va boshqa kimyo tarmoqlari bilan yaqin aloqalar boshlandi.
🌐 2014-yilda Kuydirish uchun xlordan yuvilgan mahsulot olina boshlanib, “2-POLCAL” qizdirish bo‘linmasi ishga tushirildi va bu tayyor mahsulot ishlab chiqarish sexi unumdorligini 2 barobar oshirish imkonini berdi. Uskunani takomillashtirish va modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishning barcha bosqichlarida sex bo‘linmalari oldida nafaqat ushbu uskuna bilan ishlash, balki uni chuqur o‘rganish vazifasi qo‘yildi, bu esa uning ish faoliyatini saqlab qolish uchun zarur hisoblandi.
🪙 Korxonaning eng yirik sexi hisoblangan FKICh sexida bugungi kunda 26 va 25 foizli-B markali yuvib kuydirilgan fosforit konsentrati, 21 foizli yuvib quritilgan fosforit konsentrati, 16 foizli fosforit uni ishlab chiqarilmoqda. Sexda 297 nafar ishchi mehnat qilmoqda.
28.01.2025



