XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA BASKETBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
⛹️♀️ Musobaqada korxonada faoliyat yuritayorgan xotin-qizlar jamoalari kuch sinashdi. Unda 30 ga yaqin xotin-qizlar faol ishtirok etdi.
♻️ To‘p uchun bo‘lgan kurash, qizg‘in bahs-munozaralar bilan o‘yinlar qiziq kechdi. Jamoalar bir guruhdan o‘rin olib, aralash tarkib bilan aylanma tizimda musobaqani davom ettirdi.
✅Musobaqa yakuniga ko‘ra,
🥇-o‘rinni Ma’muriyat jamoasi;
🥈-o‘rinni “Tashkura” karyer jamoasi;
🥉-o‘rinni Kon transport sexi hamda Xo‘jalik ishlari bo‘limlaridan tashkil etilgan jamoalar qo‘lga kiritishdi.
🏆G‘oliblarga korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasining pul mukofotlari topshirildi.
✍️ Qayd etish lozimki, musobaqa korxonaning basketbol klubini tashkil etish, xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Basketbol sport turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” sohiblarini aniqlash asosiy maqsadga aylandi.
01.02.2025



