INTEGRALLASHGAN MENEJMENT TIZIMI SOHASIDAGI YILLIK HISOBOT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

🔸 Sifat samaradorlik va mahsulot xaridorgirligini ta’minlashning garovidir. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda Integrallashgan menejment tizimi sohasida bajarilgan ishlarning 2024-yil yil yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilishda ishlarning bajarilish sifati hamda mahsulot ishlab chiqarilishidagi ko‘ratkichlar tanqidiy tahlil qilindi.

🔸 Yig‘ilishni korxona direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, bosh muhandis Obidjon Amirkulov hamda Ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘ining sifat menejment tizimini tatbiq qilish bo‘yicha o‘rinbosari Barno Urakovalar olib bordi. Unda jarayon rahbarlari va ichki auditorlar ishtirok etdi.

🔸 Yig‘ilish avvali korxonaning IMT sohasidagi maqsadlarining bajarilganligi, ISO 9001 halqaro standart talablariga asosan o‘tkazilgan ichki auditlarning natijaviyligi, tog‘-kon ishlari bo‘yicha bajarilgan ishlar, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkichlari, IMT sohasida mavjud muammolar haqida gapirildi.

🔸 Shuningdek, soha mutaxassislarining korxonada sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, korxona faoliyatini yanada takomillashtirishga oid 10 ga yaqin takliflari qabul qilinib, 2025-yil maqsadiga aylantirildi.

04.02.2025