KORXONADA G‘AZALXONLIK KECHALARI O‘TKAZILDI
✨ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda buyuk mutaffakir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning 584 yilligi hamda buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
🔠 Tadbir “Ikki buyuk sarkarda: ma’naviyatimiz sarchashmalari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda barcha bo‘lim va sex ishchi-xodimlari ishtirok etishdi. Xodimlar tomonidan buyuk mutafakkirlarimiz ijodidan g‘azallar, ruboiylar aytildi.
🔠 Ishchi-xodimlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bobokalonlarimizning hayot va ijodiga bo‘lgan hurmatini yuksaltirish maqsadida “Kitob sovg‘a qilmiz” aksiyasi hamda “Moziyga qaytib” nomli milliy liboslar kuni ham tashkil etildi. Faol ishtirok etganlar uchun g‘azalxonlik haftaligiga bag‘ishlangan tabriknomalar taqdim etildi.
🔠 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ma’naviyatimiz sarchashmalari tavalludi ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda.
07.02.2025



