D.I. Mendelev nomidagi kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahar filialida “11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan «Ilm-fan va kimyo sohasida ayollarni qo‘llab-quvvatlash»ga bag’ishlangan tadbir o‘tkazildi.
✅ Unda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ vakillari ham ishtirok etishda. Tadbir davomida yurtimizda ilm-fan sohasida izlanishlar olib borayotgan, kimyo sohasida yutuqlarga erishgan faol xotin-qizlarining taqdimotlari namoyish etildi. Taqdimotlarda Akademik Sayyora Sharapovna Rashidova misolida Ayollarning ilm-fanga qo‘shgan hissasi, Xotin-qizlar ilm-fanda: korxonalarning mehnat potensialining oshishidagi hissasi, Ayollarni ilm-fanda erishgan yutuqlarini qo’llab-quvvatlanishi kabi mavzular ochib berildi.
✅ Shuningdek, “Ammafos-Maxam” AJ bosh texnologi, texnika fanlari doktori Nadejda Vladimirovna Volinskova tomonidan “Ammafos-Maxam” AJning “Qizilqum fosforit xomashyosini qayta ishlash tajribalari: yutuqlar va muammolar” mavzusida taqdimoti ham tinglandi.
✅ Unda korxona ish faoliyatida yillar davomida yig‘ilib qolgan fosfogipsni qayta ishlash va uni miqdorini kamaytirish masalasi, shuningdek, xorij tajribalarida fosfogipsni yo‘l qurilish, gepsakarton ishlab chiqarishda va kimyoviy qayta ishlashda foydalanish to‘g‘risidagi xalqaro tajribalar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
✅ Ushbu seminar-trening tarzida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan ayollar o‘zlari uchun bilimlar keyingi faoliyatida qo‘llash uchun yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.



