BUYUK MUTAFFAKIR, SO‘Z MULKINING SULTONI ALISHER NAVOIYNING 584 YILLIGI HAMDA ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 542 YILLIGI KENG NISHONLANDI

✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi”da “Ikki buyuk siymo: ma’naviyatimiz sarchashmalari” nomli adadib-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Navoiy va Bobur ijodiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlar korxona ishchi-xodimlari tomonidan namoyish etildi. Unda g‘azallar o‘qilib, ularning she’riyati orqali dard va istiroblarga yo‘g‘irilgan qalb kechinmalarini, yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbatini ifoda etdilar.

✍️ Korxonaning bo‘lim va sex xodimlari tomonidan tayyorlangan Navoiy va Guli dialogi, Bobur va Qutlugʻ Nigorxonimning suhbati asosidagi chiqishlari, ayniqsa, qiziqish uyg‘otdi. Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub “Yaxshilig‘“ nomli g‘azaliga kuylangan qo‘shiq esa tadbirga yanada kayfiyat ulashdi.

✍️ Ishchi-xodimlarning ijodiy chiqishlari orqali ikki buyuk mutaffakir me’rosini o‘rganish va ularni jamoaga keng targ‘ib qilishda munosib hissa qo‘shildi deyish mumkin.