Konferensiyada 2022-2024-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining bajarilishi hamda xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish, mehnatni muhofaza qilish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
🪙 Shundan birgina 2024-yil hisobot davrida:
▪️580 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, 500 ta yozma, 80 tasi og‘zaki hisoblangan.
▪️Xodim va ularning oila a’zolari uchun 136 ta xodimga moddiy yordam ajratildi.
▪️Xodimlarning farzandlari dam olishi uchun oromgohlarga 175 ta yo‘llanma berildi.
▪️Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan respublika sanitoriyalariga 33 ta yo‘llanmalar berildi;
▪️130 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
▪️Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan imtiyozlar uchun jami 2 mlrd 330 mln 358 ming so‘m mablag‘ sarflangan.
✍️ Konferensiya so‘ngida korxona kasaba uyushma qo‘mitasi raisi R.Muxammedovning jamoa shartnomasining bajarilishi to‘g‘risidagi hisoboti konferensiya delegatlari tomonidan qoniqarli deb topildi. Shundan so‘ng konferensiya delegatlarining eng ko‘p ovoz bilan Muxammedov Rahmiddin Murtazoyevich “QFK” MChJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi.



