“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MCHJDA KASABA UYUSHMA QO‘MITASINING HISOBOT SAYLOV KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

✅ Konferensiyada korxona direktori R.Saliyev, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi N.Alimdjanova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashi raisi N. Tagaeva hamda bosh mutaxassislar va konferensiya delegatlari ishtirok etdi.

✍️ Konferensiya kun tartibida:

➡️ Korxona Kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-2025-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti;
➡️Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti taftish komissiyasining hisoboti;
➡️Kasaba uyushma qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risida;
➡️Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti taftish komissiyasi saylash to‘g‘risida;
➡️Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti taftish komissiyasi raisini saylash kabi masalalar o‘z aksini topdi.