Fosfor mahsuloti 1669-yilda Germaniyada Hennig Brand tomonidan kashf etilgan. Oltin va temir kabi boshqa elementlar fosfordan oldin ham ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, ushbu kashfiyot Brandni yangi elementni kashf etgan birinchi odamga aylantirdi.
✍️ Fosfor mahsuloti 1669-yilda Germaniyada Hennig Brand tomonidan kashf etilgan. Oltin va temir kabi boshqa elementlar fosfordan oldin ham ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, ushbu kashfiyot Brandni yangi elementni kashf etgan birinchi odamga aylantirdi.
✍️ Brand kashf etgan yangi elementni “sovuq olov” deb atadi. Chunki u qorong‘uda shu’lalanardi. Elementning nomi yunoncha “fosforos” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “yorug‘lik keltiruvchi“ degan ma‘noni anglatadi. Brand kashf etgan fosforning allotropik o‘zgarishlari oq fosfor bo‘lib, u havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishadi va yashil-oq yorug‘lik hosil qiladi.
🤔 Boshqa metalmaslar singari, fosfor ham sezilarli darajada boshqa elementlardan farq qiladi. Fosforning asosan 3 ta allotropik shakli mavjud. Ularga oq, qizil va qora fosforlar kiradi. Qizil va oq fosfor eng keng tarqalgan shakllardir.
