Milliy liboslar millat qadriyatlarini aks ettiradi. Undagi serjilo ranglar, o‘ziga xos ko‘rinish har qanday inson qalbida bahoriy kayfiyatni uyg‘otadi.

✨ Bugun “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi. Korxonaning ma’muriyat jamoasi bugun ish davomida milliy kiyimlarda, yigitlar do‘ppilarda va choponlarda, xotin-qizlar esa adras liboslarida bo‘lishdi.

✨ Milliy liboslar, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat sifatida hamda milliylikni targ‘ib etish maqsadida korxonada haftaning har juma kunini “Milliy liboslar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilab olindi.