“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda E-Jihoz dasturiy ta’minotini ishga tushirish korxonaga kirayotgan va chiqayotgan jihozlarni elektron qayd etish va rasmiylashtirish tizimining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
♿️ Bu dastur S.Predpriyatie 8.3 dasturida ishlab chiqilgan bo‘lib, hujjatlarni rasmiylashtirish to Qo‘riqlash postidan chiqib ketguncha elektron onlayn tarzda amalga oshiriladi. Bu dastur orqali qog‘ozli hujjatdan elektron hujjatga o‘tilib, kirayotgan va chiqayotgan jihozlarni elektron qayd etilishi va bazada saqlanishi uchun qulaylik yaratadi.
💻 Dasturning yana bir muhim jihati shundaki, tizimga ulangan foydalanuvchilar barcha jarayonlarni ko‘rinib turish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Taqdimot so‘ngida Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantish bo‘limi xodimlari tomonidan dasturdan foydalanish borasida trening darsi ham olib borildi.



