60 MING TUP KO’CHAT EKILDI
♻️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabusi bilan “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ham ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
♻️ Korxonada “Yashil belbog‘” dasturi doirasida 50 gektar hududga 60 ming tup saksovul ko‘chatlari ekildi. Ko‘chatlarni ekish jarayoni ommaviy hashar tarzida barcha bo‘lim va sex ishchilarining faolligi bilan olib borildi. Unda 200 nafardan ziyod ishchi-xodim ishtirok etdi.
♻️ Bu xayrli ish 2025-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli farmoni ijrosi ta’minlanayotganligi hamda cho‘l hududni obodonlashtirishda muhim ishlar boshlanganidan dalolatdir..



