KORRUPSIYA — TARAQQIYOT KUSHANDASIDIR

💠 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev boshchiligidagi rahbariyat vakillari ishtirokida korxonaning Komplayens xizmati tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy hisob yig‘ilishi o‘tkazildi.

✍️ Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida 2024-yilda 10 ta profilaktik tushuntirish, 5 ta o‘quv seminar-treningi, 30 ga yaqin individual suhbatlar, Komplayens xizmati boshlig‘i ishtirokida jami 5 marta odob-axloq komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, bugungi kunda korrupsiyaga oid xatti-harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlari va imkon beruvchi sabablar, shart-sharoitlarni bartaraf etish, bunday harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi borasida fikrlar yuritildi.

⌛ Tadbir davomida Komplayens xizmati boshlig‘i I.J.Nurimov Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida mamlakatimizda amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlari va unda belgilangan chora-tadbirlar, javobgarlik hamda imtiyozlar to‘g‘risida qatnashchilarni tanishtirib o‘tdi. Qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi, tegishli yo‘nalishlar va vazifalar belgilab olindi.

✍️ Yig‘ilish so‘ngida R.Saliyev tomonidan mahsulotni sifatini oshirish, ularni dunyo bozoriga olib chiqishdagi ishlarni jadalashtirish hamda korxona ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishga oid takliflar o‘rtaga tashlandi.