“Qizilqum fosforit kompleksi” da “yashil makon” umummilliy loyihasi.

♻️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish maqsadida korxona tasarrufidagi hududlarda korxona rahbarlari tomonidan namunaviy koʻchat ekish ishlari olib borildi.

♻️ Unda korxona direktori Rustam Saliyev boshchiligidagi rahbariyat vakillar hamda barcha bo‘lim va sex rahbarlari faol ishtirok etishdi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida tut, qayrag‘och, shumtol kabi cho‘l hududiga moslashtirilgan manzarali daraxtlar ekildi.