“AYOLLARGA EHTIROM” MAVZUSIDA KO‘RIK-TANLOV BO‘LIB O‘TDI

💐 Ko‘rik-tanlov “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etildi. Unda korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar jamoalari ishtirok etishdi.

✅ Ko‘rik-tanlovda jamoalar:

🔹Tanishtiruv
🔹Erkin mavzudagi sahna ko‘rinishi;
🔹“Pazanda beka” kabi shartlarda bellashdilar.

💐 Davraga quvnoqlik, xushkayfiyat ulashuvchi chiqishlari va sahna ko‘rinishlari bilan qatnashga “Orzu” jamoasi, zamonaviylik, yoshlarga xos jo‘shqinlik bilan ko‘rinish qilgan “Qizilqum go‘zallari” jamoasi, ibratli, jamoasining birdamligini ko‘rsatib bera olgan “Qizilqum gulshani” jamoasi, chiqishlarida ilg‘orlik, o‘z kasbiga bo‘lgan hurmatni aks ettira olgan “Bahoroy” jamoasi, millatlar o‘rtasidagi totuvlik, hurmatni targ‘ib qilgan “Ko‘klamoy” jamolarning ishtiroki barchaga bayramona kayfiyat, xursandchilik ulashdi.

Ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra;

✔️ Birinchi o‘rin 1- va 13-sex xodimlaridan tashkil topgan “Orzu” jamoasiga;
✔️Ikkinchi o‘rin Texnik nazorat va sinov laboratoriyasi qizlarining “Qizilqum go‘zallari” jamoasiga;
✔️Uchinchi o‘rin esa Fosforit konsentarti ishlab chiqarish sexi ayollarining “Qizilqum gulshani” jamoalariga nasib etdi.

💐 G‘olib jamoalar korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonida qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.