YUGURISH MARAFONI O‘TKAZILDI

✅ Yugurish inson salomatligi uchun muhim bo‘lgan mashg‘ulotlardan hisoblanadi. Mutaxassislar har kunda yugurish bilan shug‘ullanib turgan insonga asr kasalliklari rahna solmasligini ta’kidlashadi. Ayniqsa, sportni xotin-qizlar hayotiga targ‘ib qilish, nafaqat insonni sog‘lom bo‘lishiga, balki, kelajak avlod salomatligini ta’minlashga ham yordam beradi.

🎗 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xotin-qizlari o‘rtasida ham sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish maqsadi bilan yugurish marafoni tashkil etildi. Unda bo‘lim va sexlarda faoliyat yuritayotgan ishchi xotin-qizlar ishtirok etishdi. Musobaqa marrasini eng birinchi bo‘lib kesib o‘tgan “Tashkura” karyeri kon ishchisi Nigoraxon Himoilova mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, korxona rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.