“Rahbar kubogi” musobaqasi.
Ayni damda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Ekologiya va yoshlar”, “Navro‘z sayli” degan bosh g‘oya asosida erkaklar o‘rtasida stol tennis sport turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada korxona bo‘lim va sexlarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlardan iborat 25 nafar ishtirokchi bahs olib borishmoqda.
Bahslar qizg‘in va hayajonli kurashlarga boy bo‘lmoqda. Hozirda ishtirokchilar o‘yinning birinchi bosqichi uchun musobaqalashmoqda.



